Samarqand iqtisodiyot va servis Qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo’limining ilk bitiruvchilari qo'shma diplom bilan taqdirlandi



Rossiya Federatsiyasining Vladimir Davlat universitetida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʼshma ta’lim bo’limining ilk bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Bugungi kunga kelib Rossiya Federatsiyasi va Oʼzbekiston Respublikalari oʼrtasidagi munosabatlar koʼplab sohalarda, jumladan, taʼlim sohasida ham izchil rivojlanmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Vladimir davlat universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Xususan, 2019-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Vladimir davlat universiteti, Kozon Federal universiteti, hamda G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetlari hamkorligida qoʼshma ta’lim bo’limi tashkil etilgan boʼlib, hozirda ushbu fakultetda 500 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Mazkur fakultetda «2+2» 3+1 qoʼshma taʼlim dasturi asosida savdo ishi turlari bo'yicha, moliya va moliyaviy texnologiyalar, buxgalteriya hisobi va audit, mintaqaviy iqtisodiyot, menejment, turizm kabi taʼlim yoʼnalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ham akademik mobillilik doirasida milliy taʼlim nufuzini oshirish orqali xalqaro standartlar darajasidagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi mamlakatimizdagi yetakchi taʼlim muassasalaridan biriga aylanmoqda. Institutimiz mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladigan kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
SamISI Matbuot xizmati