Institut rahbar xodimlari servis fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi



Haftalik doirasida institut o‘quv ishlari boʻyicha prorektori Sharipov To‘lqin Saidahmedovich va servis fakulteti dekani Pardayev Olim Mamayunusovichlar talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda talabalar bilan qizg‘in suhbat bo‘lib, ularning takliflari tinglandi. Shuningdek, institutda yaratilgan sharoitlar, talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun faoliyat yuritayotgan klub va to‘garaklar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida barcha talabalar institutning ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq me’yorlariga amal qilishlari zarurligi alohida ta’kidlandi.