Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar kutubxona faoliyati, undagi zamonaviy sharoitlar, elektron resurslar va boy adabiyotlar fondi bilan tanishdilar. Shuningdek, ular tadqiqot va ijodiy izlanishlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan ham xabardor bo‘lishdi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский