Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ustozlar hayotiy saboqlar, ilmiy izlanishlar jarayoni hamda sohaga oid qimmatli maslahatlar haqida so‘z yuritib, talabalar bilan samimiy muloqot qilishdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ustozlarning tajribasidan bahramand bo‘lishdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning kasbiy dunyoqarashi va kelajakdagi faoliyatlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский