Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti xodimlari tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va milliy filmlarimizga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kino kechasi” loyihasi o‘tkazildi. Bu safargi tomosha o‘zbek xalqining ma’rifatparvar o‘g‘loni, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Is’hoqxon Ibrat hayotiga bag‘ishlangan “Ibrat” badiiy filmiga bag‘ishlandi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский