Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi

2026-09-08 13
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Talabgorlar uchun asosiy talablari
- Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari;
- Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar;
- Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.



🔗 Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari

📝 Ariza topshirish - https://t.me/cbu_official_bot

🗓Hujjatlarni topshirish 11-sentabrga qadar davom etadi.