Samarkand Institute of Economics and Service
Joriy yilning 11–12-sentabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “O‘zbekiston oliy ta’limida xalqaro hamkorlikni sifat jihatidan ta’minlash” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi dotsenti, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro dasturlari bo‘yicha ekspert Z.Usmanova institut nomidan ishtirok etdi. U o‘zining “The Contribution of ERASMUS+ Programmes to the Development of Higher Education in Uzbekistan” mavzusidagi ma’ruzasi bilan xalqaro hamjamiyat e’tiborini qozondi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston oliy ta’limida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский