Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshida faoliyat olib boradigan Rus tili to'garagining iqtidorli talabalari ishtirokida mashhur rus shoiri Sergey Eseninning 130 yilligi munosabati bilan “Моё слово о Есенине” nomli badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar shoir hayoti va ijodi, uning she’riy merosi hamda zamonaviy adabiyotdagi o‘rni haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar ham shoir ijodining badiiy qiymati va adabiyotdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский