Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tillarni o‘qitish kafedrasi tashabbusi bilan "O‘zbek va jahon badiiy adabiy asarlarini ingliz tilida targ‘ib qilish" Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarining nofilologik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa ko‘nikmalarini oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyoti namunalarini ingliz tilida talqin qilish orqali ularning intellektual salohiyati, ijodiy fikrlashi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida tanlovda faol qatnashib, yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalar diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский