Pazandalik saboqlari: milliy an’analar davomchisi



Talabalar turar joyida Xotin-qizlar kengashi a’zolari tomonidan “Pazandalik sirlari” mavzusida qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan talaba-qizlar milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va pazandalik an’analarini davom ettirish maqsadida birgalikda o‘zbek xalqining sevimli taomlaridan biri — manti tayyorladilar.
Mazkur tadbir nafaqat pazandalik ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki qizlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga ham xizmat qildi. Shuningdek, o‘zaro fikr almashildi, oilaviy hayotga tayyorgarlik, sog‘lom ovqatlanish va milliy taomlarning ijtimoiy ahamiyati haqida ham suhbatlar olib borildi.
Tadbir yakunida tayyorlangan taomlar dasturxon bezagi bo‘lib, barcha ishtirokchilar mehr-oqibat ila birga baham ko‘rishdi.