Prorektor fakultetlar va talabalar turar joyidagi sharoitlarni o‘rgandi

2026-09-23 21
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Prorektor fakultetlar va talabalar turar joyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pardayev Olim Mamayunovich bank-moliya xizmatlari hamda menejment va marketing fakultetlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida fakultetlarning faoliyati, o'quv jarayonining tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud masalalar o'rganildi. Fakultet mas'ullari bilan o'quv jarayonini yanada samarali tashkil etish va talabalar uchun qulay sharoitlarni ta'minlash yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, prorektor talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi hamda qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Talabalar turar joyiga tashrif davomida esa talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, yashash muhiti va mavjud muammolar o'rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Bunday tashriflar ta'lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni muntazam o'rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tezkor hal etishga xizmat qiladi.