SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar!

Qadrli institutimiz jamoasi!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman. 

2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” mamlakatimiz taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lishiga ishonaman. Bu yil har birimizdan yanada katta mas’uliyat, fidoyilik va tashabbuskorlikni talab etadi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat, qat’iyat va yuksak marralar tilayman.

Bugun Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar ta'lim va ilm-fan sohasiga ham yangi mazmun va sur'at baxsh etmoqda. Ortga nazar tashlar ekanmiz, o'tib borayotgan yil institutimiz hayotida muhim yutuqlar, sezilarli o'zgarishlar hamda samarali tashabbuslar bilan yodda qoldi. Bu natijalar, avvalo, professor-o'qituvchilarimizning bilim va salohiyati, xodimlarimizning mas'uliyatli mehnati hamda talaba-yoshlarimizning izlanish va intilishlari samarasidir.

Yangi yil barchamiz uchun tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot, ezgu niyatlar va katta maqsadlar sari dadil qadamlar yili bo‘lsin. Har bir xonadonga fayz-baraka, mehr-oqibat va farovonlik kirib kelsin.

Talaba-yoshlarimiz yurtimizning munosib kelajagi, ertangi ishonchi va tayanchi ekanini unutmagan holda, ularga ilm-fan yo‘lida katta muvaffaqiyatlar, ustozlarimizga ijodiy yutuqlar, barcha xodimlarimizga esa mehnat faoliyatida omad va baraka tilayman.

Yangi yil barchamizga quvonch, baxt va yorug‘ kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonch bag‘ishlasin!

Hurmat ila, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Egamberdiyevich Poʻlatov