Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Xitoy Xalq Respublikasining “China East Education Holding” delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan bir qancha oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlari direktorlari o‘rin oldilar.
Tashrif davomida mehmonlar hamda institut rahbariyati o‘rtasida xalqaro hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Tashrif institut bo‘ylab amalga oshirilgan ekskursiya bilan davom etdi. Delegatsiya a'zolari institutning moddiy-texnik bazasi, fakultetlar faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kun tartibida xorijiy mutaxassislar ishtirokida turli hamkorlik yo‘nalishlarida tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский