Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro reytinglar bo‘limi boshlig‘i F.Safarov Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan QS China Summit 2026 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Mazkur nufuzli tadbir Osiyo davlatlari hamda dunyoning turli hududlaridan 500 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillarini bir maydonga jamladi.
Konferensiya oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim xalqaro platforma bo‘lib xizmat qildi. Unda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
— universitetlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
— xalqaro akademik mobillikni rivojlantirish;
— bitiruvchilarning kasbiy ko‘nikmalari va bandligini transformatsiya qilish;
— ilmiy-tadqiqot faoliyati va innovatsion yondashuvlarni kuchaytirish.
QS China Summit 2026 konferensiyasida ishtirok etish institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, shuningdek, global ta’lim makonidagi raqobatbardosh mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский