Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan birinchi bosqich talabalari uchun Samarqand shahridagi Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik muzeyiga ekskursiya amalga oshirildi. Ushbu tashrifning bosh maqsadi talabalarda milliy qadriyatlarimiz, boy tariximiz va madaniyatimizga bo‘lgan hurmat hissini oshirish, ularni Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Bunday tashriflar yoshlarning ma’naviy olamini yanada boyitish, ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский