Servis fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.