“Sizga ta’zim, ustozim” – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ma’rifiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari hamda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Sizga ta’zim, ustozim” nomli ma’rifiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ustozlarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom, ularning jamiyatdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, ustozlarga bo‘lgan samimiy minnatdorchilik tuyg‘ulari ifodalandi.
Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbir mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va ustozlik kasbining naqadar sharafli va mas’uliyatli ekani yana bir bor yodga olindi.