Talabalar ishtirokida moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikni rivojlantirish mavzulari bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi

2025-10-27 879
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Talabalar ishtirokida moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikni rivojlantirish mavzulari bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda AT “Aloqabank” Samarqand hududiy filiali hamkorligida talabalar uchun moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikni rivojlantirish mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi. 

Tadbirda talabalarga “Yoshlar banki” loyihasi, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda biznes g‘oyalarini amaliyotda tadbiq etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bank vakillari tomonidan yoshlarga amaliy maslahatlar, tavsiyalar hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etildi.