Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar turar joyida milliy taomlar pishirish musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda talabalar o‘zbek xalqining boy milliy taomlari bo‘yicha mahoratlarini namoyish etishdi. Musobaqa jarayonida taomlarning ta’mi, bezatilishi hamda milliy an’analar asosida tayyorlanishi inobatga olindi.
Tadbir nafaqat talabalar iste’dodini yuzaga chiqarish, balki milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский