Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga bag'ishlangan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda boshqarma xodimlari tomonidan talabalarga yong'in xavfsizligi qoidalari, is gazidan saqlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari haqida tushuncha va ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida ko'rgazmali hamda tarqatma materiallardan foydalanildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский