Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni teatr va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu doirada viloyat musiqali drama teatrida Farmon Toshev qalamiga mansub “Mahmudxo‘ja Behbudiy” spektakli tomoshasiga tashrif uyushtirildi. Mazkur spektakl talaba-yoshlar uchun milliy ma’naviyat, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va tarixiy merosimizga oid bilimlarini boyitish, ularda madaniyatga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Bunday tashriflar talabalar dunyoqarashini kengaytirish, estetik didini yuksaltirish hamda madaniy-ma’naviy tarbiyani mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский