“Yoshlar kuni” doirasida “School 21” IT maktabiga tashrif tashkil etildi

2026-06-18 17
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Yoshlar kuni” doirasida “School 21” IT maktabiga tashrif tashkil etildi

Kechki ta’lim fakulteti tashabbusi bilan talabalar uchun Samarqand shahridagi “School 21” raqamli texnologiyalar maktabiga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar IT sohasi bo‘yicha yaratilgan sharoitlar, zamonaviy ta’lim jarayonlari hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, “School 21” mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud klub va to‘garaklar faoliyati, hamkorlik imkoniyatlari hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif talabalarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning zamonaviy kasblar haqidagi bilimlarini kengaytirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.