Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi "Kelajakka qadam" markazi menejerlari S. Sirojiddinov, T. Tirkashev, shuningdek, institut talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i D. Butayev ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar uchun biznes g‘oyani shakllantirish, uni bosqichma-bosqich loyihaga aylantirish bo‘yicha foydali ma’lumotlar hamda amaliy tavsiyalar taqdim etdilar.
Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, zamonaviy tadbirkorlik yo‘nalishidagi jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi hamda yangi biznes g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim tajribaga ega bo‘ldilar.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский