SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” sizga bu yo‘lda amaliy yordam beradi.

Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tadigan ushbu 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan.

Oromgoh davomida siz quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

   Rezyume tayyorlash va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar

   Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend yaratish bo‘yicha treninglar

   Jamoaviy ishlash, samarali muloqot qilish va liderlik ko‘nikmalari

   Yurtimizdagi yetakchi kompaniyalar vakillari bilan jonli uchrashuvlar

Ishtirokchilar soni cheklangan — tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.

Agar siz ham kelajagingizni hozirdan boshlab qurmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved