Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.



Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha qisqacha davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbati davomida Vatanni asrab-avaylash, unga sidqidildan xizmat qilish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi, talabalarimiz yaxshi oʻqishi, yetuk mutaxassis boʻlib oʻz sohasida samarali faoliyat koʻrsatishi orqali shu yurtga xizmat qilishi lozimligini taʼkidlandi hamda institut rektorining "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.
Shu bilan birga talabalar turar joyidagi talabalar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, osh tarqatildi.