"Dolzarb 90 kun" doirasida buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025-07-22 220
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
"Dolzarb 90 kun" doirasida buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda fakultet talabalari va tyutorlari ishtirok etdi. Suhbat davomida zamonaviy texnologiyalar va raqamli platformalarning hayotimizdagi o‘rni, internet madaniyati, axborot xavfsizligi, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi haqida fikr almashildi.