Servis fakultetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Bir haftada — bir kitob" tadbiri o‘tkazildi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Bir haftada — bir kitob” nomli tahlil bosqichi tashkil etildi.
Mazkur loyiha doirasida talabalar har hafta biror badiiy yoki ilmiy-ommabop asarni o‘qib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Tahlil bosqichida asarning g‘oyasi, qahramonlar xarakteri, muallifning asosiy xabari va zamonaviy hayot bilan bog‘liqligi kabi jihatlar muhokama qilinmoqda.