SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand shahridagi Sultan Hovand Beka maqbarasida bo‘lib o‘tayotgan “Ichki turizm yarmarkasi”da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi jamoasi hamda turizm yoʻnalishida tahsil olayotgan faol talabalar guruhi munosib ishtirok etmoqda.

Tadbir mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Yarmarka davomida kafedra jamoasi va talabalar turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlarda ishtirok etib, madaniy-ko‘ngilochar dasturlarda ham faol qatnashmoqdalar.

Ushbu ishtirok institutimizning turizm sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashdagi yuksak sa’y-harakatlari, talabalarni amaliy jarayonlarga jalb etishga bo‘lgan e’tiborini yaqqol ifodalaydi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved