Bank-moliya xizmatlari fakultetida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari tashkil etildi

2026-09-10 24
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Bank-moliya xizmatlari fakultetida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari tashkil etildi

Bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani Hazratov Abror Panjiyevich tomonidan 1-bosqich talabalari ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligi yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotning turli jabhalarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda bugungi kunda olib borilayotgan taraqqiyot va yangilanish jarayonlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbir jarayonida, ayniqsa, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oliy ta'lim bilan qamrov ko'rsatkichlarining izchil ortib borayotgani, oliy ta'lim muassasalari sonining ko'payishi, yoshlar uchun zamonaviy va qulay ta'lim olish imkoniyatlarining kengaytirilishi hamda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichga ko'tarilayotgani xususida atroflicha fikr yuritildi.

Shu bilan birga, mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimizni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va milliy g'urur ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yoshlarda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.