Buxgalteriya hisobi fakultetida 1-bosqich talabalarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida Yoshlar kreativ bog'iga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar milliy kiyimlarda bog' hududida sayr qilib, tabiat qo'ynida maroqli hordiq chiqardilar. Shuningdek, talabalar o'rtasida samimiy suhbatlar, qiziqarli jamoaviy mashg'ulotlar va turli tadbirlar tashkil etildi. Mazkur sayohat talabalar uchun o'zaro yaqindan tanishish, do'stona munosabatlarni mustahkamlash hamda talabalik hayotining ilk kunlarini mazmunli o'tkazish imkonini berdi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский