“Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi jamoasi birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi

2026-09-11 24
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi jamoasi birinchi bosqi...

Muloqot davomida talabalarga institutdagi ta'lim va yoshlar muhiti, talabalarning huquq va imkoniyatlari, yoshlar ittifoqi faoliyati, turli loyihalar va tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalik davrida vaqtni to'g'ri taqsimlash, bilim bilan bir qatorda jamoat ishlarida faol bo'lish, o'z qiziqishlari va iste'dodlarini rivojlantirish hamda yangi imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Institut yoshlar yetakchisi, rektorning yoshlar siyosati bo'yicha maslahatchisi Bekzod Burxonov talabalarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, ularga talabalik davrini mazmunli o'tkazish va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.