uz en ru
Back to News
5 1 min read

Buxgalteriya hisobi fakultetida odob-axloq, huquqbuzarliklar va korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Buxgalteriya hisobi fakultetida odob-axloq, huquqbuzarliklar va korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘...

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida buxgalteriya hisobi fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida turkum tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlar davomida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor, rektor maslahatchisi, korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i, profilaktika inspektori hamda fakultet mas'ullari tomonidan talabalarga tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi.