Menejment va marketing fakulteti “Odam bo‘lish qiyin” asari muhokama qilindi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti menejment va marketing fakulteti tyutori Z.Mamadxonova hamda MN-325-guruh talabasi M.Parmonova tashabbusi bilan atoqli o'zbek yozuvchisi O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" asari muhokamasiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Muhokama davomida talabalar asarda ilgari surilgan insoniylik, vijdon, halollik va mas'uliyat kabi tushunchalar yuzasidan fikr almashib, qahramonlarning hayotiy tanlovlarini tahlil qilindi.
Oʼzbekcha
English
русский