Inklyuziv turizmni rivojlantirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi professor-o'qituvchilari hamkorligida Navoiy viloyatida inklyuziv turizm xizmatlarini rivojlantirish, turistik obyektlarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun to'siqsiz muhit yaratish hamda sayohat davomida xavfsizlikni ta'minlash masalalariga bag'ishlangan qisqa muddatli o'quv kursi tashkil etildi.
O'quv kursi davomida ishtirokchilarga inklyuziv turizm xizmatlarini tashkil etish, turistik infratuzilmani moslashtirish, mehmonxona va boshqa turizm obyektlarida qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, sayyohlarga ularning ehtiyojlarini inobatga olgan holda xizmat ko'rsatish bo'yicha bilim va ko'nikmalar berildi.
Mazkur o'quv kursi turizm sohasi mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish, inklyuziv xizmatlar sifatini yaxshilash va barcha sayyohlar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlashga xizmat qiladi.
Oʼzbekcha
English
русский