Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida "Kecha va bugun" maxsus rukni ostida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida mustaqillik yillarida yoshlar hayotida ro'y bergan o'zgarishlar, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta'lim, kasb-hunar va shaxsiy rivojlanish borasidagi imkoniyatlarning kengayib borayotgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarning bugungi kundagi faolligi, bilim olish va o'z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский