Iqtisodiyot fakultetida “Kecha va bugun” maxsus rukni ostida davra suhbati o‘tkazildi

2026-09-17 32
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Iqtisodiyot fakultetida “Kecha va bugun” maxsus rukni ostida davra suhbati o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida "Kecha va bugun" maxsus rukni ostida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida mustaqillik yillarida yoshlar hayotida ro'y bergan o'zgarishlar, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta'lim, kasb-hunar va shaxsiy rivojlanish borasidagi imkoniyatlarning kengayib borayotgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yoshlarning bugungi kundagi faolligi, bilim olish va o'z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.