Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati va talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga ma’rifiy ekskursiya uyushtirdilar. Tashrifda institut rektori Po‘latov Muhiddin Egamberdiyevich boshchiligidagi mas’ul xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ekskursiya davomida muzeyning tashkil etilish jarayoni, undagi ekspozitsiyalarning mazmun-mohiyati hamda xalqimiz boshidan kechirgan murakkab tarixiy davrlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ushbu tashrif talabalarda tarixiy xotiraga hurmat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarish zarurligini yana bir bor yodga soldi. Ma’rifiy ekskursiya yoshlarning Vatanga munosabatini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский