uz en ru
Back to News
19 1 min read

“Tinchlik — eng oliy ne’mat!”, “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” mavzularida uchrashuv o‘tkazildi

“Tinchlik — eng oliy ne’mat!”, “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” mavzularida uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish, ularni turli yot g'oyalarning salbiy ta'siridan himoya qilish, shuningdek, yosh avlodda sog'lom dunyoqarash va milliy tafakkurni shakllantirish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv "Tinchlik - eng oliy ne'mat!" hamda "Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash!" mavzulariga bag'ishlandi.

Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mita Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i Soxibnazar Boymurodov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tohir Ibadillayev hamda institut mas'ullari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tinchlik va osoyishtalikni asrash, yoshlarni turli yot va zararli g'oyalar ta'siridan himoya qilish, ma'rifat va bilimning jaholatga qarshi kurashdagi o'rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan bergan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.