Huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huquqshunosi N.Ochilova tomonidan dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida tizimga oid jinoyatlarning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo'luvchi omillar va unga imkon beradigan shart-sharoitlarni bartaraf etish masalalariga bag'ishlangan tushuntirish davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat davomida jinoyat uchun jazoning muqarrarligi, qonun va belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bunday holatlarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Oʼzbekcha
English
русский