SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo’limi

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo’limi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2021-yil 31-avgustdagi 371-sh-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo’limi o’z faoliyatini institut rektori tastiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo’limining asosiy vazifalari:

Bo’lim o’z faoliyatini 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi 445-sonli Qonuni asosida amalga oshiradi.

Institutda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta va sifatli ko‘rib chiqish, shaxsiy va sayyor qabullarning natijadorligini oshirish, ish yuritishni tizimli tashkil etish, tahlil va nazorat ishlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar qisqa muddatlarda har tomonlama sinchiklab ko‘rib chiqish va qonun doirasida hal etilishini ta’minlash hamda nazorat ishlari kuchaytirish, haftada kamida bir marta murojaatlar bilan ishlash holatini tanqidiy muhokama qilib borish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarni xabardor etish, har chorak yakunida vazirlikga hisobotlarni taqdim etish vazifalarni amalga oshiradi.

Shuningdek, bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va mazkur nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Institutda O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, Vazirlikning hay’at qarori, buyruq, yo’riq, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek institutning Kengash qarori va buyruqlarining bajarilishini nazoratini va monitoringini olib boradi.

Norqarayev Hikmatillo Maxamоvich
Icon

Norqarayev Hikmatillo Maxamоvich

Icon

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i

Jumaboyev Bunyod Xolmumin o‘g‘li
Icon

Jumaboyev Bunyod Xolmumin o‘g‘li

Icon

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat bo‘limi uslubchisi

Umrzakova Iroda Aminjon qizi
Icon

Umrzakova Iroda Aminjon qizi

Icon

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat bo‘limi xodimi

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan