Bank-moliya xizmatlari fakulteti



SamISI “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2004-yilda “Moliya va kredit” fakulteti bazasida tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda uning faoliyati “Moliya” va “Bank ishi” kafedralari bazasida shakllantirilgan. “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2019-yilning 26-oktabrida tasdiqlangan “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti Nizomi asosida o’z faoliyatini tashkil qilgan. Nizom oliy ta’lim muassasalari fakulteti to’g’risidagi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan. “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti 2019-yilning 2-oktabrida “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti bazasida qayta tashkil etilgan. Fakultetdagi “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi institut rektorining 2022-yil 5-sentabrdagi “Institut tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 138-F-sonli buyrug‘iga asosan yangi tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakultetiga o‘tkazilgan.
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
- Moliya kafedrasi
- Bank ishi kafedrasi
- Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasi
- Oliy matematika kafedrasi
- Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Fakultet doirasida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari:
- 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- 60410500 – Bank ishi va auditi
Fakultet talabalari kontingenti:
2022-2023 o‘quv yili bo‘yicha jami fakultetda – 766 nafar talaba ta’lim olmoqda, shundan:
- 1-kursda – 155 nafar talaba;
- 2-kursda – 231 nafar talaba;
- 3-kursda – 242 nafar talaba;
- 4-kursda – 138 nafar talaba.
2022-2023 o‘quv yilida fakultetda shtat bo‘yicha 12 nafar xodimlar faoliyat yuritadi. Dekan, 1 nafar o’quv ishlari bo’yicha dekan o‘rinbosari, 1 nafar, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2 nafar uslubchi, 1 nafar kotiba, 1 nafar dispecher hamda 5 nafar tyutorlar mavjud.
Fakultet qoshida 5 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. Moliya kafedrasida – 11 nafar professor-o‘qituvchi, Bank ishi kafedrasida – 10 nafar professor-o‘qituvchi, Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasida – 11 nafar professor-o‘qituvchi, Oliy matematika kafedrasida – 15 nafar professor-o‘qituvchi, Ijtimoiy fanlar kafedrasida – 10 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud.
Fakultet tarkibidagi 5 ta kafedralarda jami 57 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud bo‘lib, ulardan 8 nafari professor, 12 nafari fan nomzodi va PhD, 7 nafari katta o’qituvchi, 24 nafar assistent hamda 6 nafar stajer-assistentlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultetda 766 nafar talabalar tahsil olmoqda, shulardan 105 nafari qiz bolalar va 661 nafar o'g'il bolalar hisoblanadi:
- 1-kursda 130 nafar o‘g‘il bolalar, 25 nafar qiz bolalar,
- 2-kursda 188 nafar o‘g‘il bolalar, 43 nafar qiz bolalar,
- 3-kursda 219 nafar o‘g‘il bolalar, 23 nafar qiz bolalar,
- 4-kursda 124 nafar o‘g‘il bolalar, 14 nafar qiz bolalarni tashkil qiladi.
Talabalarning 514 nafari Samarqand viloyatidan, 252 nafar talabalar boshqa viloyatlardan hisoblanadi.
Talabalarning 68 nafari TTJda, 317 nafari ijarada, 21 nafari qarindoshlarinikida va 360 nafari o‘z uyida yashaydi.
Fakultetda chet el fuqarosi o‘qimaydi.


Pardayev Olim Mamayunusovich

Bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani


Xamitov Mubin Xabibjonovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari


Beknazarov Farxod Abduvohidovich

Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari


Nasriddinova Manzura Faxriddinovna

Tyutor


Norqulov Habibullo Ilhom o’g’li

Tyutor


Annayev Abdurasul Abdurashidovich

Tyutor


Barakayev Akmal Musurmonovich

Tyutor


Ismoilov Sirojiddin Nuriddin o’g’li

Uslubchi