Iqtisodiyot fakulteti



“Iqtisodiyot” fakulteti institut (sobiq kooperativ instituti) 15 fevral 1931 yilda tashkil topgandan beri mavjud. Shu munosabat bilan “Iqtisodiyot” fakulteti ham 92 yillik tarixga ega.
Mazkur fakultet 1949 yildan Savdo-iqtisodiyot fakultetiga aylantirilib, 1961 yildan esa yana Iqtisodiyot fakulteti nomini olib, respublikamiz iqtisodiyotiga o‘z davri uchun o‘ta muhim bo‘lgan iqtisodchi kadrlarni yetkazib bergan.
O‘zbekiston Resublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 26 martdagi 114-sonli qarori bo‘yicha Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti tashkil etilishi munosabati bilan fakultet “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti nomini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori, institut kengashining 2019 yil 11 sentyabrdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga asosan, “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti “Iqtisodiyot” fakultetiga o‘zgartirildi.
Institutning tarixiy rivojlanish jarayonida Iqtisodiyot fakultetida ham o‘z davrining talablariga mos fakultet dekanlari ham faoliyat yuritib, ularning faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Fakultetga uzoq yillar davomida bir qator soha mutaxassislari i.f.n. I.X.Ibragimov, dots. D.Rofiyev, i.f.n. E.Fayziyev, t.f.n. X.Sadinov, i.f.d. prof. Q.Mirzayev, i.f.n. dotsent Xoliqulov Anvar Ne’matovich fakultet dekani vazifasida faoliyat yuritdi.
2018 yildan 2025 yil may oyigacha fakultet dekani lavozimini i.f.n. dotsent Islomov Shuhrat Marufjonovich bekamiko‘s bajarib keldi.
2025 yil may oyidan hozirgi vaqtgacha fakultet dekani vazifasida Abiyev Jaxongir Ne’matovich faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultetda keyingi yillarda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talablaridan kelib chiqib, ilmiy-tashkiliy, uslubiy yo‘nalishlarda kadrlar zaxirasini shakllantirish kompleks amalga oshirildi. Talabalar kontingenti 545 tadan 804 taga ko‘paytirildi. “Iqtisodiyot” fakulteti professor-o‘qituvchilarning ilmiy potensiali oshirilib, bir qator ilmiy darajali yosh kadrlar shakllandi. Ushbu davr davomida fakultet yangi yosh shijoatli fan nomzodlari va PhD fan doktorlari bilan boyitildi. Fakultetda fakultet kengashining muntazam va samarali faoliyati natijasida ilm-fan hamda soha mutaxassisligiga intiluvchi yoshlar soni o‘sib bormoqda.
Ayni paytda “Iqtisodiyot” fakultetida quyidagi tarkibda o‘quv jarayoni tashkil etilgan. Jumladan, fakultet tarkibida “Real iqtisodiyot”, “Raqamli iqtisodiyot” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralari shakllangan bo‘lsa, Iqtisodiyot yo‘nalishida 816ta (137ta bitruvchi) talaba, “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari orasida keyingi yillarda ko‘plab Jahon va Osiyo chempionlari, Respublika Olimpiada g‘oliblari, nomdor stipendiatlari hamda qator Respublika ko‘rik tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
“Real iqtisodiyot” kafedrasida 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistent-stajor faoliyat yuritadi.
“Raqamli iqtisodiyot” kafedrasida 1 nafar fan doktori,4 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar assistent-o‘qituvchi, 4 nafar assistent-stajor faoliyat yuritadi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar assistent-o‘qituvchi, 3 nafar assistent-stajor faoliyat yuritadi.


Abiyev Jaxongir Ne’matovich

Iqtisodiyot fakulteti dekani


Sharipov Sardor Begmaxmat o‘g‘li

Iqtisodiyot fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari


Sadiqov Omon

Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari


Shermatov Axror Abduxakimovich

Tyutor


Urazov Sherali Mirtozovich

Tyutor


Xamidova Gulfira Jabborovna

Tyutor


Temirova Surayyo Muxammadovna

Tyutor


Azimov Alisher Mirzo o’g’li

Ish yurituvchi


Karayeva Sobira Mamatkulovna

Fakultet ish yurituvchisi


Xusanova Dilfuza Quchqarovna

Fakultet ish yurituvchisi