Kechki ta'lim fakulteti tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kechki ta’limni tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 7-sonli yig‘ilish qaroriga binoan, 15-martdan “Ikkinchi va kechki ta’lim” bo‘limi tashkil topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarori, institut Kengashining 2024-yil 29-avgustdagi 1-son yig‘ilish bayoni qarorlari ijrosini ta’minlash, ikkinchi va kechki ta’lim bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2024-yil 14-oktabrdagi 154/1-F sonli buyrug‘i asosida bo‘lim nomi “Kechki ta’lim” deb o‘zgartirildi.
Kafedralar:
- “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi — 1 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar assistent-stajor va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
- “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi — 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
- “Tillarni o‘qitish” kafedrasi — 2 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
Fakultet yo‘nalishlari:
- 60410100 – Iqtisodiyot (o‘zbek va rus)
- 60410200 – Buxgalteriya hisobi (o‘zbek va rus)
- 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar (o‘zbek va rus)
- 60410600 – Bank ishi (o‘zbek va rus)
- 60410800 – Menejment
- 60411000 – Inson resurslarini boshqarish
- 60412700 – Baholash ishi
- 60411100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- 60411200 – Marketing
- 61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik (o‘zbek va rus)
- 61010400 – Logistika
Fakultet dekani
Dekan o‘rinbosarlari
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
Tyutorlar
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский