Turizm kafedrasi



Kafedra qoshida 2 ta ta‘lim yo‘nalishlari (Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish), 1 ta G.R.Derjavina nomidagi Tambov davlat universiteti bilan qo‘shma ta’lim yo‘nalishi va 2 ta magistratura mutaxassisliklari (Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha), Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish) bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Xozirgi kunda 11,75 shtat birligi mavjud bo‘lib, 16 nafar professor-o‘qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 1 nafari iqtisodiyot fanlari doktori, professor, “Turon” fanlar akademiyasi akademigi, 3 nafari iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, 1 nafari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, 4 nafari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 4 nafari katta o‘qituvchi hamda 3 nafari o‘qituvchi (assistent)lardir.
Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik (vazirlik grifi asosida), 100 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar (vazirlik grifi asosida), 100 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib nashr qilindi. Shuningdek, shu davr mobaynida kafedra jamoasi tomonidan 1000 ga yaqin xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan. Jumladan, 10 dan ortiq Scopus bazasidagi jurnallar ham shular jumlasidandir.
Kafedra manzili: Samarqand sh. Amir Temur ko‘chasi 9-uy, SamISI 2 bino, 203 xona.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-martdagi «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi 144-sonli qarori asosida va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2006-yil 13-iyuldagi № 78-79 F sonli buyrug‘i bilan institut tarkibida «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi tashkil qilingan. Institut rektorining 2019-yil 2-oktyabrdagi 691-F sonli buyrug‘iga asosan kafedra nomi “Turizm” kafedrasiga o‘zgartirilgan.
2006-yildan “Xalqaro turizm va turizm servisi” kafedrasining tashkilotchisi iqtisod fanlari doktori, professor Tuxliyev Iskandar Suyunovich kafedra mudiri etib tayinlandi va 2008-yildan tanlov asosida kafedra mudiri etib saylandi. Professor I.S.Tuxliyev yangi tashkil etilgan ushbu kafedradagi 29 ta ixtisoslik fanlarining barchasi bo‘yicha o‘quv, ishchi o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashni tashkil qildi. Shu davr mobaynida kafedrada 5 ta ta’lim yo‘nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv rejalari ishlab chiqilib o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi.
Yangi ochilgan kafedraning “Turizm marketingi”, “Turizm menejmenti”, “Turizm operatorlik xizmatlarini tashkil etish”, “Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)”, “Turizm (faoliyat turlari buyicha)” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat Ta’lim Standartlari va o‘quv rejalar tayyorlanib barcha fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlarining yangi avlodi yaratildi.
Ushbu fanlarni o‘qitishda avvalambor ishni kafedra professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berildi. Bugunga kelib, ularning barchasi turizm ta’lim yo‘nalishlarida qayta tayyorlanib, o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar. Jumladan: 2008-yilda kafedra dotsenti X.M.Mamatqulov, kafedra assistentlari D.Z.Norkulova, Z.I.Usmanovalar, 2009 yilda esa professor I.S.Tuxliyev, katta o‘qituvchi, i.f.n. N.E.Ibadullayevlar Misr Arab Respublikasiga «Turizm menejmenti va mexmonxona xo‘jaligi» yo‘nalishi bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.
Shuningdek, qator yillar davomida, kafedra asoschisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, “Turon” fanlar akademiyasining akademigi Tuxliyev Iskandar Suyunovich rahbarligida 2 ta fundamental va 3 ta amaliy davlat grantlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borildi.
Kafedra tashkil qilingandan shu vaqtgacha “Turoperatorlik xizmatlarini tashkil qilish”, “Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)”, “Turizm menejmenti”, “Turizm marketingi”, “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi”, “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)”, “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” hamda “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishlari, “Xalqaro turizm operatorlik xizmatlari”, “Xizmat ko‘rsatish va turistik xizmatlarini tashkil etish”, “Turoperatorlik xizmatlarini tashkil etish”, “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil tashkil etish va boshqarish” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlangan.
Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik (vazirlik grifi asosida), 100 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar (vazirlik grifi asosida), 100 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib nashr qilindi. Shuningdek, shu davr mobaynida kafedra jamoasi tomonidan 1000 ga yaqin xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan. Jumladan, 10 dan ortiq Scopus bazasidagi jurnallar ham shular jumlasidandir.
“Xalqaro turizm va turizm servisi” kafedrasi bir qancha chet el oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Jumladan, Moskva Davlat Servis Universiteti, Moskva hukumati qoshidagi “Turizm va mehmonxona-restoran biznesi Moskva akademiyasi”, G.R.Derjavina nomidagi Tambov davlat universiteti, Misr Arab Respublikasi Xeluan Universiteti, Malayziyaning “Taylor university” universiteti, Xo‘ja Axmad Yassaviy nomli xalqaro universitet (Qozog‘iston), Qozog‘iston Iqtisodiyot Universiteti va Qozog‘iston Davlat Universitetlari hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentini rivojlantirish instituti bilan ilmiy ish va ilmiy-amaliy konferensiyalarda bevosita ishtirok etib kelmoqdalar.
Har yili kafedra professor-o‘qituvchilari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ananaviy “Buyuk ipak yo‘lida turizm” Xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etib, qator yutuqlarga ega bo‘lmoqda. 2009-yil XV xalqaro turistik yarmarkada kafedraning “Turizm operatorlik xizmatlarini tashkil etish” yo‘nalishi talabasi Zohidov Feruz “Yilning eng yaxshi turizm yo‘nalishi bo‘yicha talabasi” sertifikatiga ega bo‘ldi. “Servis va turizm” fakulteti esa shu yilning o‘zida “Yilning eng yaxshi fakulteti” nomiga sazovor bo‘ldi. 2010-yil XVI xalqaro turistik yarmarkada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm sohasini o‘qitish bo‘yicha “Turizm bo‘yicha eng yaxshi o‘quv yurti” nominatsiyasini olishga erishdi. 2011-yil 2-4 noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan XVIII Xalqaro turizm yarmarkasida kafedra professori I.S.Tuxliyev “Turizm sohasi bo‘yicha eng yaxshi murabbiy-o‘qituvchi” nomiga sazovor deb topildi va diplom bilan taqdirlandi.
2010-yil “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi va Gretsiya turizm vazirligi o‘rtasidagi shartnomasiga asosan kafedraning 3 nafar iqtidorli talabalaridan Zoxidov Feruz, Bultakova Sadoqat va Gafarova Aziza 3 oy davomida Gretsiya mamlakati Rodos orolida turizm bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdilar va ushbu davlat sertifikatiga ega bo‘ldilar.
2022-yilda kafedra dotsenti D.Z.Norkulova rahbarligida Qilichova Orzigul “Navoiy” nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘ldi
Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar:
2006-2013 va 2017-2019 yy. kafedra asoschisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxliyev Iskandar Suyunovich;
2013-2016 yy. iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Amriddinova Rayxona Sadriddinovna;
2016-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Raximov Zafar Odilovich;
2019-2022 yy. iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Norkulova Dilfuza Zaxitovna;
2022-yildan boshlab iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abduxamidov Sarvar Adhamovich.


Abduhamidov Sarvar Adxamovich

Turizm kafedrasi mudiri


Tuxliyev Iskandar Suyunovich

Turizm kafedrasi professori


Ibadullayev Nurali Eshniyazovich

Turizm kafedrasi dotsenti


Amriddinova Rayxona Sadriddinovna

Turizm kafedrasi dotsenti


Raximov Zafar Odilovich

Turizm kafedrasi dotsenti

Norqulova Dilfuza Zaxitovna

Turizm kafedrasi dotsenti


Abiyev Jaxongir Ne’matovich

Turizm kafedrasi dotsenti


Berdimurodov Azizjon Shukurillayevich

Turizm kafedrasi dotsenti


Maxmudova Aziza Pirmamatovna

Turizm kafedrasi dotsenti


Raxmutilla Hayitboyev

Turizm kafedrasi dotsenti


Tursunova Gulmira Rabbonovna

Turizm kafedrasi dotsenti

Zaxidov Firuz Faxriddinovich

Turizm kafedrasi dotsenti


Talibova Aziza Yusufbekovna

Turizm kafedrasi katta o'qituvchisi

Daminov Mirvoxid Isroil o‘g‘li

Turizm kafedrasi katta o'qituvchisi


Hamitov Mubin Xabibjonovich

Turizm kafedrasi katta o'qituvchisi


Omonov Shoxrux Qo‘chqorovich

Turizm kafedrasi assistenti


Maxmudov Jonibek Adxam o‘g‘li

Turizm kafedrasi assistenti