Moliya kafedrasi


Bugungi kunda "Moliya" kafedrasi institutning "Bank-moliya xizmatlari" fakulteti tarkibidagi mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi.
Kafedrada 5230600 – Moliya, 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr; 70410401 – Davlat moliyasi va xalqaro moliya mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tahsil olmoqda.
Kafedrada 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi bo‘yicha 1 ta tayanch doktorant tahsil olishmoqda:
1. Rasulov Sh.J.
Moliya kafedrasi Samarqand shahar, Mirzo Bedil ko’chasi 18-A uy, 7-bino, 102-xonada joylashgan.
Kafedra mudiri – Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. zaynalovjaxongir@sies.uz
“Moliya va kredit” kafedrasi 1979 yilda “Savdo iqtisodiyoti” va “Buxgalteriya hisobi” kafedralarida bazasida tashkil topgan bo‘lib moliya va kredit sohasini talabalar tomonidan chuqur o‘rganish va chuqur ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida tashkil etilgan. Dastlabki yillarda kafedraga professor I.T. Abdukarimov mudirlik qilgan. 1979-1983 yillarda kafedra o‘qituvchilaridan M.K. Pardayev, E. Shavqiyev, H.N. Musayev, J.R. Zaynalovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib, kafedraning ilmiy salohiyatini oshirdilar. Kafedra a’zolarining ilmiy darajalilik ko‘rsatkichi 100 foiz bo‘ldi.
Prof. I.T. Abdukarimov “Kooperativ savdo iqtisodiyoti” kafedrasiga mudir etilishi munosabati bilan “Moliya va kredit” kafedrasi mudirligi umumtanlov asosida i.f.n. J.R. Zaynalovni saylashdi va u kishi 1982-1986 yillar ushbu kafedrani boshqardi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoni, ilmiy tadqiqot ishlari va tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etib keldilar.
“Moliya va kredit” kafedrasi 1986 yilda “Statistika” kafedrasi bilan birlashtirilishi va dots. J.R. Zaynalovni jamoa ishlariga jalb etilishi, shuningdek 1989 yilning yanvaridan noyabrigacha “Buxgalteriya hisobi” fakultetining dekani vazifasiga tavsiya etilishi munosabati bilan yangi tashkil etilgan “Moliya va statistika” deb nomlangan, kafedraga dots. H.A. Shodiyev mudir etib saylandi. 1989 yildan boshlab dots. H.A. Shodiyevni doktoranturaga o‘qishga ketishi munosabati bilan ushbu kafedraga prof. J. Sirojiddinov mudirlik qildi. 1990 yilga kelib kafedra qaytadan “Moliya v tahlil” deb nomlandi.
1993 yilning iyunida kafedrani qayta “Moliya va kredit” deb nomlanishi va unga i.f.d.,prof. J.R.Zaynalovni mudir etib tavsiya etilishi bevosita 1994 yildan boshlab “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga kirishildi. 1994 yilda “Moliya va kredit” kafedrasi qoshida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 2 may farmoyishi institut ilmiy kengashining 1994 yil iyun oyi qarori bilan “Soliq va soliqqa tortish” o‘quv markazi ochildi. Bu kafedra jamoasiga bo‘lgan ishonch bo‘lib hisoblandi.
Kafedra 1996 yildan boshlab oliy ma’lumot negizida (ishlab chiqarishdan ajralgan holda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo‘mitasi tizimlaridan 110 talaba, o‘rta maxsus ta’lim negizida (sirtqi) 35 nafar mutaxassis buyurtma asosida, shuningdek o‘rta ta’lim negizida test asosida 11 nafar abituriyent talabalar safiga qabul qilindi.
“Soliq va soliqqa tortish” o‘quv markazi 1997 yilda yangidan nomlangan “Moliya va kredit” fakultetiga aylantirildi, uning dekanligiga kafedra mudiri, prof. J.R.Zaynalov Davlat attestatsiya komissiyasining taklifi bilan tasdiqlandi. Kafedrada 2004 yilgacha moliya, bank, soliq, sug‘urta, investitsiya sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlandi. Shuningdek, 2003 yildan boshlab “Moliya, pul muomalasi va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni, 2006 yilda “Moliyaviy menejment”, 2007 yildan “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 2012 yildan boshlab esa “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayyorlashga kirishildi.
2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutining tashkil etilishi natijasida “Moliya va kredit” kafedrasi “Moliya va sug‘urta xizmatlari” deb nomlandi.
Yangidan tashkil etilgan “Moliya va sug‘urta xizmatlari” kafedrasining mudirligiga tanlov asosida prof. J.R.Zaynalov saylandi va tasdiqlandi (2004 yildan 2013 yilning 22 iyuniga qadar). 2013 yilning 23 iyunidan boshlab kafedra mudirligini i.f.n. B.Sh. Xusanov boshqarib keldi.
2019 yildan hozirgi kungacha “Moliya” kafedrasi mudiri lavozimida iqtisodiyot fanlari doktori, professor J.R.Zaynalov faoliyat olib bormoqda.


Zaynalov Jaxongir Rasulovich

Kafedra mudiri

Xodjayev Erkin Normatovich

Kafedra professori


Aliyeva Susanna Seyranovna

Kafedra dotsenti


Latipova Shakhnoza Makhmudovna

Kafedra dotsenti


Axrorov Zarif Oripovich

Kafedra dotsenti


Axmedova Aziza Toxirovna

Kafedra dotsenti


Usmonov Parviz Shavkatovich

Kafedra assistenti


Ernazarov Nuriddin Elamonovich

Kafedra assistenti


Uzakova Kamola Bexzodovna

Kafedra assistenti


Kurbanova Sitora Baxadirovna

Kafedra assistenti