SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

2022 yil 22 fevralda tashkil topgan

Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tarkibiga kiradi

«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi 2022 yil 22 fevral kuni  “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasidan ajralib chiqgan.  “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining eng koʼhna kafedralaridan biridir. U 1931 yilda tashkil etilgan. Kafedra institutimiz, shuningdek Samarqand iqtisodiyot maktabini shakllanishi va ravnaqiga munosib hissa qoʼshgan jamoalardan hisoblanadi.

Kafedraga u tashkil qilingan kundan boshlab, hozirgi kungacha, oʼz sohasining chuqur bilimdonlari, taniqli pedagog – olimlari mudirlik qilganlar va qilib kelmoqdalar. Kafedra tashkil qilingan kunda buyon quyidagi professor-o’qituvchilar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borishgan S. Gurevich, V.N.Krilov, D.V.Mezentsev, B.G.Kantor, S.M.Yugenburg, I.K.Slepnev, I.T.Аbdukarimov, K.F.Аbdukarimova, D.Q.Qudbiev, H.N.Musaev, K.B.Urazov.

Kafedra tomonidan “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va “Audit” magistratura mutaxassisliklari tayyorlanadi.

«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi tarixi

«Boshqa tarmoqlarda Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi 2022 yil 22 fevral kuni  “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasidan ajralib chiqgan. «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining eng ko‘hna kafedralaridan biridir. U 1931 yilda tashkil etilgan. Kafedra institutimiz, shuningdek Samarqand iqtisodiyot maktabini shakllanishi va ravnaqiga  munosib hissa qo‘shgan jamoalardan hisoblanadi. 

O‘tgan 88 yil mobaynida kafedra turli nomlar bilan atalgan.

Kafedraga u tashkil qilingan kundan boshlab, hozirgi kungacha, o‘z sohasining chuqur bilimdonlari, taniqli pedagog – olimlari mudirlik qilganlar va qilib kelmoqdalar. Kafedra tashkil qilingan dastlabki yillarda (1931-1934 yillarda) unga mudirlikni pedagoglardan S. Gurevich, V.N. Krilov va dotsent D.V. Mezensevlar olib borganlar. Keyinchalik, dotsent Mezensev D.V. qator yillar mobaynida Leningrad savdo institutida professor lavozida ishlagan va buxgalteriya hisobi kafedrasiga rahbarlik qilgan.

1935 yildan boshlab uzoq yillar davomida (1963 yilgacha) kafedraga dotsent B.G.Kantor mudirlik qilgan. Ushbu talantli olim va rahbar kafedra ravnaqiga katta hissa qo‘shganlardan hisoblanadi. Chunonchi, u kishi mahalliy kadrlarni ishga jalb etgan va markaziy shaharlar – Moskva, Leningrad, Kiyev kabi shaharlarning oliy o‘quv yurtlariga maqsadli aspiranturaga  yuborishda tashabbuskorlik qilgan.

1949 – 1964 yillarda kafedrada sobiq SSSRda tanilgan yirik olim – i.f.d., professor S.M. Yugenburg ishlagan.  U kishi bir vaqtningo‘zida kafedra professori va institut ilmiy ishlari prorektori sifatida kafedra ravnaqiga katta hissa qo‘shgan, shu paytda yosh pedagoglar bo‘lgan R.A. Abdullayev, I.T. Abdukarimov, K.F. Abdukarimova va boshqalarda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishda havas uyg‘otganlardan hisoblanadi. Ushbu iqtidorli yosh o‘qituvchilar professor S.M.Yugenburgning yo‘llanmasi bilan maqsadli aspiranturaga yuborilgan. Kafedraning katta yoshdagi pedagok – olimlari professor S.M. Yugenburgni  hech kimdan o‘z maslahatini va yordamini ayamagan ajoyib ustoz sifatida yodoladilar.  

1963–1964 yillarda kafedraga buxgalteriya hisobi sohasining taniqli  pedagog – olimi dotsent I.K. Slepnev rahbarlik qilgan.  Bu olim institutimizning ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan. Keyinchalik, Moskva kooperativ instituti professori, prorektori va shu institutning «Buxgalteriya hisobi» kafedrasida uzoq yillar davomida mudirlik qilgan.  Professor I.K. Slepnev institutimiz uchun fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlashda katta xizmat ko‘rsatgan ustoz hisoblanadi. Taniqli olim  matlubot kooperatsiyasi tizimida o‘ziga xos buxgalterlar va  nazoratchi – taftishchilar ilmiy maktabini yaratgan, unga uzoq yillar davomida bevosita rahbarlik qilgan, ko‘plab fan nomzodlarini tayyorlagan. U matlubot kooperatsiyasi sohasida buxgalteriya hisobi bo‘yicha fundamental darsliklarning muallifi hamdir. Kafedramiz a’zolari bu ulug‘ insonni har doim o‘z xotiralarida saqlaydilar va e’zozlaydi.

 1964 – 1967 yillarda kafedraga I.T. Abdukarimov mudirlik qilgan. Butun umrini ilm-fan, yoshlar tarbiyasiga bag‘shida qilgan ustoz I.T. Abdukarimov, keyinchalik butun sobiq SSSRda eng taniqli olim darajasiga ko‘tarildi. O‘zi fan doktori bo‘ldi, ko‘plab fan nomzodlari va doktorlarini tayyorladi. Institutimizda prorektor, keyinchalik, rektor lavozimini bajaruvchi bo‘lib  ishladi. Professor I.T. Abdukarimov, aynan 60-yillarda «Samarqand iqtisodchilar maktabi»ga asos soldi, uning  tan olinishi va rivojlanishiga bosh – qosh  bo‘ldi. Ushbu maktab, hozirgi kunda ustozning shogirdi hisoblangan i.f.d., professor M.Q.Pardayev rahbarligida respublikamiz va undan tashqarida o‘z nufuziga ega bo‘lgan ilmiy maktablardan biri sifatida o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

1967 yildan boshlab yaqin 15 yil mobaynida kafedraga dotsent K.F.Abdukarimova mudirlik qildi. U kishining rahbarligida kafedraning ilmiy salohiyati eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Bu davrda kafedraning ilmiy darajalik ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil qildi. Aynan K.F.Abdukarimova mudirlik qilgan yillarda mutaxassislik fanlarini o‘zbek tilida o‘rganishga o‘tildi. Davlat tilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va uslubiy ko‘rsatmalar chop etila boshlandi. Bular qatoriga 1969 yilda respublikamizda ilk bor o‘zbek tilida «O‘qituvchi» nashriyotida R.A. Abdullayev, I.T.Abdukarimov va K.F.Abdukarimovalar muallifligida chop etilgan «Matlubot kooperatsiyasida buxgalteriya hisobi» darsligi kiradi.  

1982 yildan 1987 yilgacha kafedraga mudirlikni ilk bor respublikamizda «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va nazorat» ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan D.Q..Qudbiyev olib bordi. Keyinchalik, professor D.Q.Qudbiyev hisob – iqtisod  fakulteti dekani, markaz boshlig‘i lavozimlarida ishladi. Bugungi kunda D.Q.Qudbiyev Farg‘ona politexnika institutida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Professor D.Q.Qudbiyev institutimizda bevosita buxgalteriya hisobi yo‘nalishida ta’lim olgan, ko‘p yillar davomida turli oliygohlarda prorektor va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan, hozirgi kunda O‘zbekiston Soliq Akademiyasi «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi professori lavozimida ishlayotgan Z.N. Qurbanovni hamda Farg‘ona politiyexnika institutida fakultet dekani va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan, hozirgi kunda magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritagan I.N. Ismanovni fan doktori bo‘lishlarida ilmiy rahbar (maslahatchi) sifatida katta hissa qo‘shdi.

1987 – 1992  yillarda  kafedraga mudirlikni dotsent H.N. Musayev olib bordi. Keyinchalik, u kishi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasida ilmiy stajerovkani o‘tadi va 1993 yil mart oyida mazkur akademiyada doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 1993 yilda kafedra tarkibidan «Audit» kafedrasining ajralib chiqilishi munosabati bilan H.N. Musayev professor lavozimiga o‘tkazildi va ushbu kafedraga 1997 yilgacha mudirlik qildi. 1997 yilda «Audit» kafedrasi bilan «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi qayta qo‘shilishi munosabati bilan H.N. Musayev kafedra professori sifatida, bir vaqtning o‘zida 1998 yildan 2004 yilgacha institut ilmiy bo‘limi boshlig‘i va ilmiy ishlari prorektori lavozimlarida ishladi. H.N.Musayev, keyinchalik, 2004-2008 yilda  «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasiga mudirlik qildi. U kishining 600 dan ortiq o‘quv adabiyotlari, monografiyalari, o‘quv-uslubiy ishlari va maqolalari chop etilgan. Bularning ichida, respublikamizda birinchilar qatorida nashr etilgan “Audit” darsligi (T.: “Moliya”, 2003, 12,75 b.t), o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan “Audit” o‘quv qo‘llanmasi (T.: TDIU, O‘BAMA nashriyoti, 2003, 21,25 b.t., hammualifligida), lotin alifbosida nashr etilgan “AUDIT” o‘quv qo‘llanmasi bor (T.: “IQTISOD – MOLIYA ”, 2008, 11,0 b.t. hammualifligida). Ustozning ko‘plab ilmiy maqolalari nashrlari – Moskva, Novosibirsk, Tambov, Lvov, Poltava, Olma-ata, Qarag‘andada chop etilgan. Pedagog – olim  H.N.Musayev tomonidan chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari bugungi kunda respublikamizning ko‘plab iqtisodiy oliygohlarida keng foydalanilib kelinmoqda. Professor H.N.Musayev 1995-1996 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash a’zosi, 1996-2003 yiilarda O‘zbekiston Respublikasi Bank – moliya  akademiyasi qoshidagi dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash a’zosi. 

     “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga 1992 yilning oxiridan 2004 yil aprel oyigacha dotsent K.B. Urazov mudirlik qildi. U kishi 2006 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 2007 yilda professor unvoniga ega bo‘ldi. Professor K.B.Urazov 2008 yilning aprelida kafedra mudirligiga qaytadan saylandi 2019 yilgacha rahbarlik qilib keldi. Kafedrada o‘quv jarayoni yangi pedagogik texnologiyalar talablari asosida to‘liq  tashkil qilingan. Yoshlarning ta’lim – tarbiyasiga alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Fanlarning nazariya va amaliyot bilan uyg‘unlashuvi yaxshilanib bormoqda. Professor K.B. Urazov respublikamizda buxgalteriya hisobi va audit sohasining yetuk va taniqli olimlaridan hisoblanadi. U kishi rahbarligida, oxirgi yillarda  ikkita fan doktori va 4 ta falsafa doktori PhD tayyorlandi. Professor K.B. Urazov hajmi 500 b.t.dpg ortiq bo‘lgan 300dan ziyod ilmiy, o‘quv, va o‘quv – uslubiy ishlar va maqolalarning mualifidir. Bularning ichida ko‘plab darsliklar,  o‘quv qo‘llanmalari va maqolalar bor. U kishining 2011 yilda, birinchi marta respublikamizda davlat tilida  «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» darsligi chop etildi. 2004 yilda «O‘qituvchi» nashriyotida «Buxgalteriya hisobi va audit» o‘quv qo‘llanmasi, 2004-2013 yillarda institut bosmaxonasida chop qilingan «Buxgalteriya hisobi va audit» fanidan ma’ruza matnlari to‘plami, “Buxgalteriya moliyaviy hisobi” o‘quv qo‘llanmasi, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyotida chop etilgan «Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi» (2003 yil), «Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» (2004 yil), «Buxgalterskiy uchet i nalogooblojeniye v torgovle» (2005 yil) ilmiy- amaliy qo‘llanmalari, «Fan» shariyotida chop etilgan «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining konseptual masalalari» (2004 yil) va «Iqtisodiyot» nashriyotida chop etilgan «Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditning dolzarb masalalari nomli  monografiyasi hozirgi kunda respublikamizning barcha iqtisodiy oliygohlarida keng foydalanib kelinmoqda.  Professor K.B. Urazov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi metodologik kengash a’zosi, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat ishchi guruhi a’zosidir. U ko‘plab nomzodlik  va doktorlik  dissertatsiyalariga rasmiy opponentlik qilgan, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalarga taqriz bergan va ularga mas’ul muharrirlik qilgan. Professor K.B.Urazovning qalamiga mansub bo‘lgan ilmiy ishlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari yosh pedagogik-olimlarga muhim  manba sifatida xizmat qilmoqda.

O‘zining o‘tgan 88 yillik  tarixiga ega bo‘lgan “Buxgalterya hisobi va audit” kafedrasi nafaqat buxgalteriya hisobi, nazorat, taftish, audit fanlari ravnaqiga, balki boshqa iqtisodiy  fanlarining o‘qitilishiga va ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan. Uning tarkibida o‘qitilgan ko‘plab fanlar, (statistika, moliya va kredit, iqtisodiy tahlil, hisoblash mashinalari va programmalashtirish, iqtisodiy axborotlarga mashina ishlovini tashkil qilish va boshqa fanlar ) e’tiborga olinib, keyinchalik, alohida kafedralar ajralib chiqdi . Chunonchi, 1963 yilda Statistika», 1977 yilda esa «Moliya va kredit» kafedralari shular jumlasidandir.

 1979 yilda kafedra tarkibidan «Iqtisodiy axborotlarni mashina ishlovini tashkil etish» (OMOEI) kafedrasi ajralib chiqdi. Bu kafedraga dotsent (keyinchalik professor) R.A.Abdullayev 1997 yilgacha bevosita rahbarlik qildi. Professor R.A.Abdullayev iqtisodiy axborotlarga mashina ishlovini berish, chunonchi buxgalteriya hisobini avtomatizatsiyalashgan tizimlariga oid ko‘plab o‘quv qo‘llanmalarni respublikamizning eng nufuzli nashriyoti bo‘lgan «O‘qituvchi» nashriyotida o‘zbek tilida chop etilishiga bosh rahbar bo‘ldi. 2001 yildan professor R.A. Abdullayev «Buxgalteriya hisobi» kafedrasida o‘z faoliyatni davom ettirmoqda. 2010 yilda professor R.A. Abdullayevning «Buxgalterskiy uchet i audit» o‘quv qo‘llanmasi Oliy ta’lim vazirligining grifi bilan nashr etildi. 2011 yilda ushbu o‘quv qo‘llanma to‘ldirilgan tarzda 1000 nusxada qayta nashr qilindi. Domla tomonidan nashr qilingan ushbu o‘quv adabiyotlari ham talabalarga, ham amaliyot xodimlarga katta naf keltirmoqda.Professor R.A.Abdullayev Xalqaro Informatizatsiya Akademiyasining muxbir a’zosidir. 

Professor R.A. Abdullayev yuqori ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bo‘lgan ustoz sifatida kafedrada katta hurmat va e’zozga ega. Domla fanlardan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada olib boradi. Darslarda respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning natijalari, ta’lim – tarbiyaning kasbiy mahorat shakillantirishdagi o‘rni  alohida ahamiyat beriladi. Mashg‘ulotlardagi nazariy masalalar korxonalar amaliyoti bilan uyg‘onlashtirilgan holda ochib beriladi. Buxgalterlik kasbi, buxgalterlarning ma’suliyati va vazifalariga alohida e’tibor beriladi. Salohiyatli olim respublika va institut miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy – amaliy anjumanlarning   faol ishtiroqchisi hisoblanadi. Domla fanlarning o‘quv – uslubiy  ta’minotiga alohida e’tibor beradi va uni boshqa o‘qituvchilardan ham talab qiladi. Professor R.A.Abdullayev yoshlar tarbiyasida faol bo‘lib kafedra professor – o‘qituvchilarning bevosita ustozi hisoblanadi. Ochiq  va o‘zaro darslarda ishtiroq etish natijalari bo‘yicha kafedra a’zolariga o‘zining qimmatli maslahatlarini ayamaydi. Ustozdagi eng muhim hislatlardan yana biri – bu o‘z kasbini hurmat qilish, ichki tartib-qoidalarga to‘liq amal qilishdir. Talabalarga talabchan bo‘lish, fanlarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishga erishish, ham yoshlarga xayrixoxlik bildirish  ustozning pedagogik tamoyillariga kiradi. Professor R.A. Abdullayev kafedraning amaliyot bilan aloqasini o‘rnatishda faol ishtiroq etib kelmoqda. Talabalar bilan amaliyot xodimlarning uchrashuvlarini, konferensiyalarni tashkil qilish, ushbu jarayonga amaliyot xodimlarining ishtiroqini ta’minlashda kafedraga yaqindan yordam berib kelmoqda. 

Kafedrada fidokorona mehnat qilgan, ko‘pchilikning ustozi bo‘lgan pedagog-olimlardan biri – Jabborxon Pashaxodjayevdir (marhum).   J.Pashaxodjayev  1960 yilda Samarqand koperativ instituti (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti)ga o‘qishga kirib uni muvofaqiyatli tugatdi. Dastavval amaliyotda taftishchi, keyinchalik o‘zi taqsil olgan institutda bosh buxgalter muovini lavozimlarida faoliyat olib borgan. U kishidagi bilim, kasbiy mahorat va tashkilotchilik qobiliyatlar e’tiborga olinib institut rahbariyati u kishini  1967 yilda o‘qituvchilikka taklif qildi. Jabborxon Pashaxodjayev 1967-1971-yillarda Moskva halq xo‘jalik instituti qoshidagi aspiranturada o‘qidi va uni muvofaqiyatli tugatib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi,1973 yilda esa u kishiga dotsent unvoni berildi. Ilmiy-pedagogik faoliyatini institutning “Buhgalteriya hisobi” kafedrasida, dastaval assistent, katta o‘qituvchi, keyinchalik dotsent lavozimlarida olib borgan. Pedagog-olim, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan domla 1976 yilda institutdagi eng katta fakultetlaridan biri bo‘lgan “Iqtisod” fakulteti dekani muovini lavozimiga tayinlandi. Keyinchalik,  1982 yilda yangi tashkil etilgan  “Hisob – iqtisod ” fakulteti dekani lavozimiga tastiqlandi va u ushbu lavozimda o‘n yil davomida faoliyat olib bordi. Dotsent J.Pashaxodjayev rahbarligidagi fakultetda sezilarli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Fakultet rahbari sifatida vazifalar katta, vaqt chegaralangan bo‘lsada “Buxgalteriya hisobi”  kafedrasida mutaxassislik fanlardan yuqori saviyada ma’ruzalar olib borar edi. Taniqli olim Jabborxon Pashaxodjayev uzoq yillar davomida rahbarlik lavozimida bo‘lgan bo‘lsada 100 dan ziyod o‘quv, ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni tayyorladi va chop ettirdi. Ular ichida sobiq Ittifoq davrining nufuzli nashriyotlaridan hisoblangan Moskvadagi “Ekonomika” nashriyotida hammualiflikda tayyorlangan va nashr etilgan “Buxgalterskiy uchyot v obshestvennom pitanii potrebitelskoy kooperatsii” darsligi alohida o‘rin tutadi. U kishining hayot faoliyatida ma’suliyatlilik, to‘g‘rilik, adolatparvarlik, o‘z kasbiga fidoilik, ziyolilarga xos bo‘lgan o‘ta madaniyatlilik kabi hislatlar o‘rnak bo‘lishga arzigudek. Domla Jabborxon Pashaxodjayevning ezgu ishlari, orzulari shogirdlari va farzandlari timsolida davom ettirilmoqda. Kafedraning katta o‘qituvchisi Dildora Jabborxonovna ustozning farzandidir. Dildora   Jabborxonovna zukko, madaniyatli, iste’dodli o‘qituvchilardan hisoblanadi. U talabalik yillarida “Alisher Navoiy” nomli Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Bugungi kunda yetuk pedagog - olima bo‘lib yetishdi, 20dan ziyod o‘quv, ilmiy, uslubiy ishlar muallifi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobining dolzarb muammolaridan bo‘lgan - “Yuridik shaxslarda bevosita soliqlari hisobi va auditining metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu muammolarga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari chop ettilgan, monografiyasi nashr etish arafasida. Institutning jamoa ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedraning rivojlanish tarixida o‘kuv jarayoni va yoshlar tarbiyasiga  ulkan hissa qo‘shgan, ushbu jamoada turli yillarda faoliyat yuritgan boshqa  ustoz-o‘qituvchilarining o‘rni ham beqiyosdir. Chunonchi, ustoz i.f.n., dotsent U.X. Xudoyberdiyev kafedrada 1965-2000 yillarda sermahsul faoliyat ko‘rsatgan. U  kishi tomonidan 1991 yilda “O‘qituvchi” nashriyoti orqali “Matlubot kooperatsiyasi asosiy tarmoqlarida buxgalteriya uchyoti” darsligi ko‘p nusxada chop qilingan. U.X. Xudoyberdiyevning kasb – hunar  kollejlari o‘quvchilari uchun yozilgan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” darsligi ikki marta qaytadan nashr qilindi. Dotsent U.X.Xudoyberdiyev 2000-2004 yillar davomida “Statistika” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi, keyinchalik shu kafedra dotsenti, hozirgi kunda “Menejment va statistika” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi respublikamizda eng ko‘p fan doktorlarini yetishtirgan kafedra hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit sohasida fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan 22 ta fan doktorining 9 tasi yoki 40 foizdan ortig‘i aynan institutimizning shu kafedrasida tahsil olgan. Bular - Qudbiyev Davlat Qudbiyevich, Pardayev Abdunabi Xaliqovich, Ibragimov Nozir Aliyevich, Musayev Hasan Narzikulovich, Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich, Urazov Komil Baxramovich, Isroilov Bahodir Ibragimovich, Qurbonov Ziyod Niyazovich, Ismanov Ibrohim Nabiyevich, Toshnazarov Samiddin Nizamovichdir. 

Kafedra o‘tgan 88 yil mobaynida institutda turli mutaxassisliklar bo‘yicha 50 mingdan ortiq kadrlarni tayyorlashda faol ishtiroq etdi. Birgina buxgalteriya hisobi, nazorat va taftish mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlangan kadrlar ichida vazirlar, vazir o‘rinbosarlari, boshqa davlat boshqaruv organlari ma’sul xodimlari bor. Ko‘plab korxonalarning rahbarlari, bosh buxgalterlar, taftishchilar, nufuzli ta’lim muassasalaridagi ma’sul xodimlar, ustoz, professor-o‘qituvchilar shu kafedrada tahsil olgan. Turli yillarda kafedrada ta’lim olgan va bugungi kunda ma’sul lavozimlarda faoliyat yuritayotgan uning bitiruvchilari bo‘lgan ustoz R.A.Abdullayev (bugungi kunda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining Samarqand viloyat filiali raisi), Sh.U.Haydarov (bugungi kunda O‘zbekiston Ruspublikasi Moliya Vazirligining buxgalteriya hisobi va audit metodalogiyasi boshqarmasi boshlig‘i), A.X. Pardayev (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi “El-yurt umidi”” jamg‘armasi ijrochi direktori muovini), N.A. Ibragimov (bugungi kunda O‘zfarmsanoat DAK boshqaruv apparati rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar Federatsiyasi kengashi raisi, u kishi institutimizda assistent, dotsenti, ilmiy bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, hozirgi paytda bir vaqtning o‘zida  “Moliya va sug‘urta xizmatlari” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda), Z.N.Qurbonov (SamDU prorektori, O‘z.R. Soliq Akademiyasida prorektor, kafedra mudiri, Davlat Soliq qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, Farg‘ona va Toshkent Soliq qollejlari direktori, Toshkent to‘qimachilik institutida kafedra mudiri, Soliq Akademiyasida kafedra mudiri va professori), hozirda O‘zbekiston Resbublikasi Bank-moliya Akademiyasi professori, I.N. Ismanov (hozirgi kunda Farg‘ona politexnika institutida kafedra mudiri), Sh.J.Jamolov (ko‘p yillar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i muovini, hozirda Samarqand tumani xokimi), B.I.Isroilov (hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq akademiyasida “ Buxgalteriya hisobi  va audit” kafedrasi mudiri), T.Rustamov (hozirdgi kunda “Samkelajakaudit” auditorlik tashkiloti rahbari), I.Pardayev (ko‘p yillar institutimiz bosh buxgalterii, SamDU prorektori), O‘.A.Erkayev (ko‘p yillar Samarqand viloyat hokimi muovini, Samarqand viloyati mulk boshqarmasi raisi, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Samarqand filiali direktori bo‘lib ishlagan) va boshqa ko‘plab yetuk mutaxassislar kafedramizning iftixoridir.

Kafedrada tayyorlangan mutaxassis – kadrlar nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki sobiq Ittifoq respublikalarining turli davlat organlarida ma’sul lavozimlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida yetakchi olimlar sifatida  ishlagan va ishlab kelmoqdalar. Bular qatoriga Qirg‘iziston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi boshqaruvi raisi Mukash Esanaliyev, Kirg‘iziston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi Akademiyasi rektori, i.f.d., professor Kesara Mukashevna Nazarmatova, Turkmaniston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Ilamon Shixiyev, ushbu respublikaning mulkni baholash qo‘mitasi raisi Baxbit Aidov, Rossiya kooperatsiya universiteti dotsenti G. Bekniyazova  va boshqalarni misol keltirish mumkin.

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi institutda uning boshqaruv organlari va bo‘linmalari uchun ko‘plab rahbarlar yetkazib bergan jamoalardan hisoblanadi. Ustoz  R.A. Abdullayev juda ko‘p yillar fakultet dekani,kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. Kafedrada ko‘p yillar ishlagan ustoz J.Pashaxodjayev ( olloh u kishini rahmatiga olgan bo‘lsin) ko‘p yillar “Hisob- iqtisod” fakulteti dekani bo‘lib ishlagan. 

Kafedra dotsenti A.T.Tayirov (marhum) institutda dekan, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazining direktori lavozimlarida ishlagan. Domla A.T.Tayirov ko‘plab o‘quv adabiyotlari, uquv – uslubiy  ishlar va maqolalar  muallifi edi. “Hisob-iqtisod” fakultetini bitirib, hozirgi kunda mas’ul lavozimlarda ishlayotgan ko‘plab bitiruvchilar u kishini o‘zlarining ustozi deb biladilar. Professor H.N.Musayev institut ilmiy bo‘limi boshlig‘i, ilmiy ishlari prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Dotsent D.R.Rofeev institutda o‘qish davomida “Lenin” nomli stipendiyasi sohibi bo‘lgan, keyinchalik institutda yoshlar qo‘mitasi kotibi (komsomol sekretari), bosh buxgalteri, sirtqi va “Hisob – iqtisod” fakultetlarida dekan muovini, keyinchalik iqtisod va menejment fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. Hozirgi kunda D.R. Rofeev   kafedra dotsenti, bir vaqtning o‘zida kafedra qoshidagi “ Buxgalter”  o‘quv markazining boshlig‘i, “Samarali o‘qish” nodavlat ta’lim muassasasi direktori. Domla 100 ga yaqin o‘quv o‘quv – uslubiy ishlar va maqolalar muallifidir. Kafedra mudiri professor K.B. Urazov 2007-2010 yillarda, bir vaqtning o‘zida institut magistratura bo‘limiga ham rahbarlik qilgan. Kafedra dotsenti S.N.Toshnazarov, bir vaqtning o‘zida “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti dekani, hozirgi kunda esa institutda litseylar va kasb – xunar  kollejlari bo‘yicha prorektor. Dotsent S.N. Tashnazarov shakllangan yetuk olilardan. U kishi tomonidan umumiy hajmi 100 b.t.dan ortiq bo‘lgan ilmiy, o‘quv  va o‘quv-uslubiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, ko‘plab ma’ruza matnlari va ilmiy maqolalari chop etilgan. Dotsent S.N. Tashnazarov   doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida turibdi. Kafedra dotsenti N.U. Xudoyberdiyev bir necha yillar mobaynida dekan muovini lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda, bir vaqtning o‘zida institut kasaba uyushmasi raisi va magistratura bo‘limi boshlig‘i hisoblanadi. 

Kafedra faoliyatida turli yillarda yana quyidagi o‘qituvchilar va xodimlar foaliyat olib borganlar: dotsent Xolmat Xodjiqulov (marhum), dotsent Rahmat Musayev, dotsent Narziqul Ibragimov, dotsent Meremi Kadjayevna Bayram, dotsent Abduxalil Sattarov (marhum), dotsent Usanboy Qayumov (marhum), katta o’qituvch Annayev Mansurali (marhum), asisstent Vera Valentinovna Ignateva, Dilara Izitovna  Osmonova va boshqalar. Ushbu domlalar  o‘zlarining shijoatli mehnatlari  bilan kafedra ravnaqiga munosib  hissa qo‘shib kelganlar. 

Shirinov Uchqun Abduxalilovich
Icon

Shirinov Uchqun Abduxalilovich

Icon

Kafedra mudiri

Urazov Komil Baxramovich
Icon

Urazov Komil Baxramovich

Icon

Iqtisod fanlari doktori, professor 08.00.08- (Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit)

Po‘latov Muxiddin Egamberdiyevich
Icon

Po‘latov Muxiddin Egamberdiyevich

Icon

Iqtisod fanlari doktori, professor 08.00.08- (Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit)

Xudayberdiyev Nemat Umarovich
Icon

Xudayberdiyev Nemat Umarovich

Icon

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent 08.00.08- (Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit)

Ibragimov Mansur Mardonovich
Icon

Ibragimov Mansur Mardonovich

Icon

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent 08.00.08- (Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit)

Ergashev Xudoynazar Xabibullaevich
Icon

Ergashev Xudoynazar Xabibullaevich

Icon

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent 08.00.08- (Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit)

Muhammadiyev Zarrux Umarovich
Icon

Muhammadiyev Zarrux Umarovich

Icon

Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, dotsent v.b. 08.00.08- (Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit)

Amonov Amin Amonovich
Icon

Amonov Amin Amonovich

Icon

Katta o‘qituvchi

Po‘latov Xudoyberdi O‘ktamovich
Icon

Po‘latov Xudoyberdi O‘ktamovich

Icon

Katta o‘qituvchi

Xusanov M.X.
Icon

Xusanov M.X.

Icon

Assistent

Eraliyev Alisher Komilovich
Icon

Eraliyev Alisher Komilovich

Icon

Assistent

Xoliqov Tolib Lutpullayevich
Icon

Xoliqov Tolib Lutpullayevich

Icon

Assistent

Muxamedova Sitora Ilxomovna
Icon

Muxamedova Sitora Ilxomovna

Icon

Assistent

Boyqobilova Iroda Jontemir qizi
Icon

Boyqobilova Iroda Jontemir qizi

Icon

Assistent

Nematova Dilnoza Azamatovna
Icon

Nematova Dilnoza Azamatovna

Icon

Assistent

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan