Kafedra institutda mavjud bakalavriatning barcha yo'nalishlari (xizmat (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha), Bizning oliygohda bakalavriatning kunduzgi, kechki hamda masofaviy taʼlim shakllarida 10 dan ortiq yoʻnalishlarga tahsil beriladi. Taʼlim yoʻnalishlari:
✔ Iqtisodiyot
✔Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
✔Bank ishi
✔Logistika
✔Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔Soliqlar va soliqqa tortish
✔Buxgalteriya hisobi
✔Marketing
✔Turizm va mehmondoʻstlik
✔Oziq-ovqat texnologiyasi
✔Metrologiya va standartlashtirish
✔Inson resurslarini boshqarish
✔Menejment
Shuningdek, Tambov davlai universiteti bilan, Kazan davlat universiteti hamda Derjavin davlat universiteti bilan qo'shma ta'lim yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.
Hozirgi vaqtda kafedrada 15,25 shtat birligi, 16 nafar professor-o’qituvchilar va 1 kabinet mudiri ishlaydi. Ulardan 2 nafari DSc, professor; 1nafar dotsent, 2 nafari PhD, dotsent v.b; shu jumladan 2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar o‘qituvchi va 6 nafar o‘qituvchi (assistent) faoliyat ko’rsatadi.
Kafedra buyurtmasi davomida IIV boshqarmasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va darsliklar (vazirlik standarti bo‘yicha), 10 ga yaqin ta’lim muassasalari (vazirlik namunasi bo‘yicha), 10 dan ortiq oʻquv qoʻllanma va uslubiy ishlar. Shuningdek, ushbu davrda kafedra xodimlari tomonidan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda 1000 ta maqola chop etildi. Ular orasida Scopus jurnallarida 10 dan ortiq nashrlar bor.
Institut faoliyat ko‘rsata boshlagan dastlabki yillarida “Xorijiy tillar” kafedrasi “Tillar sektori” nomi bilan atalib, jamoa 1936 yildan kafedra sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
«Xorijiy tillar» kafedrasi institutda dastlabki qadamlarni talabalarga 240 soat hajmida amaliy mashg‘ulot o‘tkazish bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada o‘zbek, tojik, rus, qozoq, turkman, qirg‘iz,, qoraqalpoq, nemis, ingliz tillari amaliy mashg‘ulot asosida o‘qitilgan.
70-yillarning ikkinchi yarmida institut kontingenti ko‘payishi munosabati bilan kafedra professor-o‘qituvchilarining soni yanada ko‘paytirilib, “Tillar” kafedrasi ikkita mustaqil jamoaga: “Rus tili” va “CHet tili” kafedrasiga bo‘lindi. Kafedra mudirligi lavozimiga SamDU “Rus filologiyasi” fakulteti “Rus adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi N.N.Namozov taklif etilib, dots. N.F.Pak, M.M.Shebarshina, L.G.Korobeynikova, L.M.Lizova, A.A.Raxmonova, T.A.Zotova, R.G.Boruxova, K.I.Kim, O.G.Miratnichenko, G.A.Gparinina, N.I.Samibaeva, S.A.Adilova, T.X. Nazirov, D.J.Mirzaevalar kabi professor-o‘qituvchilar bilan jamoa shakllantirildi.
1976 yildan 1992 yilgacha “Tillar” kafedrasi ikki bor mustaqil kafedralarga ajratilgan va so‘ng yana qayta bir jamoaga aylantirilgan. “Tillar” kafedrasi a’zolari T.X.Nazirov S.Adilova, L.Yu.Xusainova, Z.A.Nasrullaeva, N.N.Namozovlar o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini yakunlab, “Filologiya fanlari nomzodi” ilmiy darajasini olishga erishdilar.
2004 yil “Tillar” kafedrasiga yosh izlanuvchi pedagoglardan biri katta o‘qituvchi T.K.Mardiyev mudir etib tayinlandi. 2013 yil SamISI 2-sonli Ilmiy Kengash qaroriga binoan kafedra nomi “Xorijiy tillar” kafedrasi deb nomlandi.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. DSc, professorlar: T.K.Mardiyev, I.B.Mattiyev, R.D.Samandarov, dotsentlar:, S.B.Qipchakova, O’Ya.Ostonov, N.P.Imomov, katta o‘qituvchilar: Narziyev N.T, U.Bolbekova, o‘qituvchilar: Ziyadullayeva M.T, Temirova F.A, o‘qituvchi –stajyorlar: O‘razova N.T, Axmedova N.I, Xasanova S.O‘, Dagarov S. M, Yokubjanova Sh.A, Baxtiyorova D.M.
Kafedra mudiri
Professorlar
Dotsentlar
Katta o‘qituvchilar
Assistentlar
Assistentlar
Assistentlar
Assistentlar
Assistentlar
Assistentlar
Assistentlar
Assistentlar
Assistentlar
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский