#SamISI #Yoshlar_ittifoqi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT kengashi “Yoshlar daftari va metsenatlik” yo‘nalishi koordinatori, Eko klub a’zolari hamda volontyorlar tashabbusi bilan “Mahallani chiqindidan toza hududga aylantiramiz” ekologik aksiyasi doirasida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Aksiya davomida hududlarni tozalash, atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, toza va obod muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский