Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi tashabbusi bilan “Yashil marketing” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

2026-04-10 15
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi tashabbusi bilan “Yashil marketing” mavzusida navbatdagi to‘gar...

#SamISI95 #Kafedra_faoliyati

To‘garak doirasida “yashil marketing”ning nazariy asoslari va amaliy jihatlari, ekologik yo‘naltirilgan startap loyihalarni ishlab chiqish mexanizmlari, shuningdek, sun’iy intellekt asosida innovatsion yechimlar yaratish orqali talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarda kreativ fikrlash, jamoaviy ishlash hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

 

Mazkur to‘garakda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar marketing kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.