SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

2023-yilning 18-dekabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Adiblar merosini o‘rgalish va uni keng targ‘ib qilish” nomli respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartlari: (Tanlovda onlayn ishtirok etadigan talabalar Zoom platformasi orqali bog‘lanib javob berishlari mumkin.)

1-SHART. “Ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy kitoblar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda ishtirokchi talaba ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy sohaga oid o‘zi o‘qigan hamda chuqur o‘zlashtirgan kitoblarining mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilar sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. (Har bir ishtirokchi o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shartni bajarishi mumkin)

Mazkur shart uchun 10 ballgacha baho beriladi.

2-SHART. “Badiiy kitoblar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda ishtirokchi talaba badiiy adabiyotlarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilar sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. (Har bir ishtirokchi o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shartni bajarishi mumkin)


Mazkur shart uchun 10 ballgacha baho beriladi.

Tanlovning har ikkala bosqichi o‘tkazilgach, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilinadi hamda taqdirlanadi:


- Tanlovning eng kitobxon talabasi nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin

2 - o‘rin

3- o‘rin


- Tanlovning eng bilimdon talabasi nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin

2 - o‘rin

3- o‘rin

- Tanlovning eng notiq talabasi nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin

2 - o‘rin

3- o‘rin

- Tanlovning eng ijodkor talabasi nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin

2 - o‘rin

3- o‘rin

- Tanlovning eng faol talabasi nominatsiyasi bo‘yicha:

1 - o‘rin

2 - o‘rin

3- o‘rin

Tanlovga qatnashish uchun 40 dan ortiq talabalar ro‘yxatdan o‘tishgan. Tanlov 18-dekabr 14-00 da 4-bino da bo‘lib o‘tadi. G‘olib bo‘lgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan